UZ
Ilovani yuklab olish
Xizmatlar MaktabGo Haydovchilarga Yangiliklar Jamoa Aloqa Ilovani yuklab olish

Oilangiz uchun xavfsiz taksi — Toshkentda

Tekshirilgan haydovchilar, ayol haydovchi tanlovi, jonli GPS-kuzatuv va maktab shattli. Buyurtma — ilovada 30 soniyada yoki bitta qo'ng'iroq bilan.

Maktab shattli: bola yo'lda — siz xotirjamsiz

MaktabGo bir maktabga boradigan qo'shni bolalarni umumiy reysga birlashtiradi. Qancha ko'p bola — shuncha arzon. Ota-ona mashinani jonli kuzatadi va har bosqichda xabarnoma oladi.

  • Doimiy, tekshirilgan haydovchi — har kuni bir xil odam
  • Jonli GPS: «mashina keldi», «maktabga yetdi» xabarlari
  • Haftalik obuna, 24/7 dispetcherlik nazorati

Uch qadam — va yo'ldasiz

  1. Ilovani o'rnating

    Telefon raqamingiz bilan 1 daqiqada ro'yxatdan o'ting. Karta yoki naqd — o'zingiz tanlaysiz.

  2. Manzil va tarifni tanlang

    Ayol haydovchi, Oilaviy, Comfort yoki Biznes — narx buyurtmadan oldin ko'rinadi.

  3. Kuzating va baholang

    Mashina qayerda ekanini xaritada ko'rasiz; safar oxirida haydovchini baholaysiz.

Ilova ichida nima bor

Yuklab olish
Tarif va narx — buyurtmadan oldin
Tarif va narx — buyurtmadan oldin
Manzilni bir necha harf bilan toping
Manzilni bir necha harf bilan toping
Har tarif — o'z mashinasi bilan
Har tarif — o'z mashinasi bilan
Istaklar: ayol haydovchi, bolalar o'rindig'i
Istaklar: ayol haydovchi, bolalar o'rindig'i

Haydovchi bo'ling: halol komissiya, kunlik to'lov

Mehr Go haydovchilari — oilalar ishonadigan odamlar. Hujjatlarni ilovada topshiring, tekshiruvdan o'ting va liniyaga chiqing.

  • Bonuslar va missiyalarFaollik uchun haftalik bonuslar, brendlangan mashinalar uchun qo'shimcha to'lov.
  • Pulni istalgan vaqt yechishDaromad kartaga — ilovadan bir tugma bilan.
  • Doimiy mijozlarMaktab obunalari va haftalik buyurtmalar — barqaror reyslar.
  • Ofis va qo'llab-quvvatlashShota Rustaveli 122, dushanba–shanba 10:00–20:00. Dispetcher 24/7.

Transportni biladigan jamoa

Jamoa va ustozlar
  • Abdujalol Egamberdiyev
    Abdujalol EgamberdiyevHammuassis, CEO va COO
  • Shaxzod Mamasoliyev
    Shaxzod MamasoliyevHammuassis, CTO va CMO
  • Umid Rustamov
    Umid RustamovCMO, PR & Communications Manager
  • Umar Inagamjanov
    Umar InagamjanovMobile Developer

Mijozlarimiz nima deydi

  • Mehr Go bilan bolamni maktabga har kuni ishonch bilan yuboraman. Haydovchi bir xil, xabarnoma vaqtida keladi.

    Nilufar, ona
  • Haydovchilar hurmatli, mashinalar toza. So'ragan narsangiz bajariladi.

    Gulnoza, Talaba
  • Shaharlararo buyurtma berdim — hammasi reja bo'yicha, vaqtida yetib bordik.

    Otabek, Tadbirkor
  • Qizlar bilan sayrga chiqqanimizda ayol haydovchi tanladik — hammasi yoqimli va shinam bo'ldi.

    Feruza, Ona

Ko'p beriladigan savollar

Buyurtma qanday beriladi?
Ilovani oching, «Qayerga» manzilini kiriting va tarifni tanlang. Narx buyurtmadan oldin ko'rinadi, mashina tasdiqlangach darhol yo'lga chiqadi va harakatni real vaqtda kuzatasiz. Ilovasiz ham bo'ladi: +998 55 516 19 19 ga qo'ng'iroq qiling.
Ayol haydovchi chaqirish mumkinmi?
Ha! MehrGo ilovasida qo`shimcha afzalliklar bo`limida «Ayol haydovchi» ni tanlang. Buyurtmangizni ilova faqat ayol haydovchilarga taklif qiladi.
Mehr Go qayerlarda ishlaydi?
Hozirda MehrGo Toshkent shahri va uning yaqin hududlarida xizmat ko‘rsatadi. Shaharlararo safarlarni Mehr Tour xizmati orqali amalga oshirishingiz mumkin. Tez orada xizmatlarimizni Samarqand, Andijon, Namangan va Farg‘ona shaharlariga ham kengaytirishni rejalashtirganmiz.
To'lovni qanday qilsa bo'ladi?
MehrGo ilovasida safar uchun naqd pul yoki ilovaga ulangan bank kartasi orqali to‘lov qilishingiz mumkin. Karta orqali amalga oshirilgan to‘lov cheki ilovada saqlanadi.
Bola yolg'iz yuborilsa, xavfsizlik qanday ta'minlanadi?
MehrGo maktab obunasi doirasida bolaga doimiy biriktirilgan, tekshiruvdan o‘tgan haydovchi xizmat ko‘rsatadi. Safar jonli ravishda kuzatib boriladi, ota-onalar har bir bosqichda bildirishnoma oladi, dispetcher esa safar jarayonini nazorat qiladi.

Mehr Go ilovasini yuklab oling

Bir daqiqada ro'yxatdan o'ting — va keyingi safaringiz oilaviy taksi bilan bo'lsin.

Savolingiz bormi? Yozing

Ish kunlari 10 daqiqada javob beramiz. Shoshilinch bo'lsa — qo'ng'iroq qiling, dispetcher 24/7 ishlaydi.

+998 55 516 19 19Qo'llab-quvvatlash, 24/7
info@mehrgo.uzHamkorlik va takliflar
Toshkent, Shota Rustaveli ko'chasi, 122, 28-ofisDushanba–shanba, 10:00–20:00 · dispetcher 24/7

Yuborish orqali siz maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.