UZ
Ilovani yuklab olish
Xizmatlar MaktabGo Haydovchilarga Yangiliklar Jamoa Aloqa Ilovani yuklab olish

MehrGo — O‘zbekistondagi ilk oilaviy taksi xizmati endi Click SuperApp’da!

MehrGo — mehr bilan boshlangan safar! 🚖

O‘zbekistonda oilaviy transport xizmatlari rivojiga yangi yondashuvni taklif qilayotgan MehrGo — oilaviy taksi xizmatiga ixtisoslashgan milliy brend. Yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan ushbu loyiha ayollar, bolalar va oilalar uchun qulay, ishonchli hamda xavfsizlikka alohida e’tibor qaratilgan safarlarni tashkil etishni maqsad qilgan.

MehrGo nafaqat oddiy taksi xizmati, balki oilalarning kundalik transport ehtiyojlariga moslashtirilgan xizmatlar tizimidir.

Ayollar va bolalar uchun oilaviy taksi

MehrGo xizmatining muhim yo‘nalishlaridan biri — ayol haydovchi bilan taksi buyurtma qilish imkoniyati. Bu, ayniqsa, ayollar, farzandlari bilan safar qilayotgan onalar va o‘ziga qulay transport xizmatini izlayotgan mijozlar uchun muhim.

MehrGo xizmatlari orqali mijozlar kundalik safarlarini qulay rejalashtirishlari, farzandlarini maktab yoki to‘garaklarga olib borish uchun transport tashkil qilishlari mumkin.

MehrGo endi Click SuperApp’da!

MehrGo xizmatidan endi Click SuperApp orqali ham foydalanish mumkin. Bu mijozlarga oilaviy taksi xizmatini topish va buyurtma berishni yanada qulaylashtiradi.

📱 Click orqali MehrGo taksisini qanday chaqirish mumkin?

1. Click SuperApp ilovasini oching.
2. Ekranning yuqori qismidagi «Qidiruv» maydoniga kiring.
3. «MehrGo» mini-ilovasini toping.
4. Kerakli manzilni kiriting va taksi buyurtma qiling.

Telegram'da ochish

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar